YAngiyo'l tumani IIB boshlig'i, 3-sektor rahbari podpolkovnik R.Abdusamatov M.Ulug'bek mahallasidagi 50-umumiy o'rta ta'lim maktabi hamda Mingbuloq mahallasidagi 52-umumiy o'rta ta'lim maktabining bitiruvchi sinf o'quvchilari bilan jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida uchrashuv tashkil etdi.
Suhbat davomida davlatimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar tushuntirilib, yoshlar ongiga salbiy ta'sir etuvchi g'oya va takliflardan ehtiyot bo'lish kerakligi bugungi zamon talabi ekanligi hayotiy misollar bilan tushuntirildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning muammo va takliflari ham o'rganilib, ijrosi yuzasidan muddatlar belgilab olindi.
Mutloq "g'olib bo'lib" yoshlar ongiga ruhiy va jismoniy zarba beruvchi taqiqlangan psixotrop dorilar iste'molidan saqlanish kerakligi videorolik orqali tushuntirib berildi.
Yuksak ma'naviyatimiz va boy tariximizni bitiruvchi yoshlarga yana bir bor ko'rsatish maqsadida yurtimiz bo'ylab sayohat tashkil etilishi haqida ham kelishib olindi.