YAngiyo'l tumani Obod mahallasida yashovchi Jahongir Mirzaev mahalladagi yoshlar etakchisining va'dasiga ishonib Turkiya davlatidan qaytib keldi.
Xo'sh, yoshlar etakchisi va'daga vafo qildimi?
Haa, yoshlar etakchisining ijobiy tavsiyasiga asosan Jahongir bepul harbiy xizmatga borib keldi. Hozirgi vaqtda esa "Perilla Food" korxonasida 25 nafar ishchi xodimlarga ish boshqaruvchi rahbar.
Ha aytgancha, bundan tashqari Jahongir Milliy gvardiyaga ham xujjatlarini topshirib qo'ygan, natijasini kutamiz.
Saxovatdan gapiramiz deb bong urayotgan etakchi Azamxo'janing mahalladagi yoshlari ham etakchidan minnatdor.
Nega deysizmi? G'ulomjon Malikov yoshlar etakchisining ijobiy tavsiyasiga asosan, subsidiya asosida motokultivator olgan.
Bundan tashqari Oysuluv Axaeva ham subsidiya asosida tikuv moshinalari olib, qiziqqan hunari bilan shug'ullanib kelmoqda.
Hozirgi vaqtda ikkala yoshning ham 1 oylik daromadi 2 yarim, 3 mlnga so'mga etgan.
Xuddi shunday Yoshlik mahallasining yoshlari ham yoshlar etakchisining ijobiy tavsiyasi orqali ijobiy natijalarga erishib kelishmoqda.
Ishonmaysizmi? Ana borib ko'rishingiz mumkin. Guliston ko'chasi 32-uyda yashovchi Durdona Ibragimova ham subsidiya asosida tikuv mashinasi olib, oilasiga har oyda 3 mln so'mdan daromad olib kelyapti.
Bizda "Yoshlar daftari" orqali oilaviy sharoiti yaxshilangan yoshlar hali juda ko'p.
Masalan, Ko'kalamzor mahallasida yashovchi Nurmuhammad Qosimov ham subsidiya asosida "Payvandlash asbob-uskunalar jamlanmasi"ni olib oilasini boqish uchun 2 yarim, 3 mln so'mdan daromad topayapti.
Bu hali boshlanishi. Natijalarda biz yana davom etamiz.