(GMT+5) | 02.06.2023

Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimi joriy etildi.

Biz bilamizki, 2022 — 2026 yillarga  mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida, respublikamiz hududlarida 200 ta yangi sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-inkubatorlar tizimini rivojlantirish. Sharoiti og'ir bo'lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan.

Mazkur taraqqiyot strategiyasiga asosan, hududlar o'rtasidagi iqtisodiy  tengsizlikni qisqartirish, tuman va shaharlarni ularning sharoiti, salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib rivojlantirish bo'yicha yangicha  yondoshuvlarni joriy  etish, shuningdek,  tadbirkorlik  muhitini yanada yaxshilash, davlat  ko'magini berish tartibini takomillashtirish maqsadida 2022 yilning 30 dekabr kunida O'zbekiston Prezidenti“ Respublika hududlarini toifalarga ajratish va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashning tabaqalashtirilgan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga binon 2023 yil 1 yanvardan respublikaning 208 ta tuman va shaharlari 5 ta toifaga ajratilib, tuman va shahar toifasidan kelib chiqib, tadbirkorlarga soliq imtiyozlari, subsidiyalar berilishi  hamda 2023 yil 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha soliq solishning tabaqalashtirilgan tartibi joriyetiladi:

Mazkur farmon bilan ayrim tumanlarda ro'yxatdan o'tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan tadbirkorlar foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq va ijtimoiy soliqni 1 foiz, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq va yuridik shaxslardan olinadigan er solig'ini mazkur soliqlar bo'yicha hisoblangan summaning 1 foizi miqdoridagi soliq stavkalari bo'yicha to'lashi joriy etildi.

Farmonga asosan, yirik soliq to'lovchilar, doimiy muassasa, byudjet tashkiloti va davlat korxonasi, ustav jamg'armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ko'proq miqdorda bo'lgan yuridik shaxslar bundan mustasno etib belgilangan.

Shuningdek, ayrim tumanlarda ro'yxatdan o'tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan YATTlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ining qat'iy belgilangan summalarini to'lashdan ozod qilinadi.

Bundan tashqari, 2023 yil 1 yanvardan boshlab, ayrim tumanlarda ro'yxatdan o'tgan va shu hududlarda faoliyat yuritadigan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga banklarning kredit va lizinglari bo'yicha uning asosiy stavkadan oshgan, biroq Markaziy bank asosiy stavkasining 40 foizidan ko'p bo'lmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya hamda banklar kreditlarining 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 milliard so'mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.

Ushbu Farmon bilana holi va tadbirkorlarga subsidiya ajratishning oshirilgan miqdorlari va tadbirkorlik faoliyatini tuman va shaharlar toifalaridan kelib chiqib qo'llab-quvvatlash choralari tasdiqlandi.

Shuni ham takidlab o'tishimiz lozimki, farmonga asosan Toshkent viloyati YAngiyo'l tumani ixtisoslashuvi  hamda  kichik biznes uchun mavjud  sharoitlardan kelib chiqib 3-toifaga ajratilgan.

Xulosa qilib aytganda, hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash, ishsizlik va kambag'allikni qisqartirish bo'yicha mavjud tuzilmalar faoliyatini takomillashtirish,tadbirkorlik sub'ektlari o'z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma'lumotlarni erkin foydalanishga chiqarish. Qurilish faoliyatida qurilish nuqsonlari yoki muammolarining oldini olish hamda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo'l ochish. Iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish asosiy maqsad etib belgilangan.

 YAngiyo'l tumani adliya bo'limi etakchi maslahatchisi N. Anarqulova