(GMT+5) | 01.10.2023

"GREENPARADISE" mehmonxonasi

Mo'ljal: Yusufxonadan Chimyonga chiqishda.
Telefon: +99895 1442922
Nomerlar miqdori: 6ta "VIP", 6ta "lyuks", 9ta "standart"
Toshkentgacha masofa - 95 km.
Sizning ixtiyoringizda ikki kishilik qulay lyuks-xonalar mavjud. Shuningdek, xonalarda (7 yoshgacha bo'lgan bolalarga bepul) yosh oilalar ham joylashishlari mumkin. Xonalarda ikki kishilik karavotlar, divan, yuvinish xonasi, muzlatgich va sputnik televedeniya bilan LSD televizorlar, nonushta uchun mo'ljallangan kichkina oshxona bor. Bular hammasi xona narxi ichiga kiritilgan.
Majmua hududida tabiatda hordiq chiqarish ishqibozlari uchun kaskadli sharshara, yozgi oshxona bilan topchanlar o'rnatilgan.
"Grin Paradayz" restorani italyan oshxona uslubida bo'lib, bu erdagi taomlar xilma-xilligi sizni befarq qoldirmaydi.
Shuningdek, sizning hizmatingizda diskobar, bilyard zali, sauna va yozgi ochiq hovuzlar. Bolalar uchun o'yin maydonchasi ham ko'zda tutilgan.
Ko'rkam manzarali joy yoshlar hordig'ini esda qolarli va shinam o'tishiga imkon beradi.
Mehmonxonada ochiq basseyn, restoran, bar, finn saunasi, keluvchilar hohishiga bog'liq diskoteka, bilyard stoli mavjud. Mehmonxona Chorvoq suv ombori va Chimgan tog'chang'i sporti kurorti oralig'ida juda qulay joyda joylashgan.
Bolalar uchun: o'yin maydoni, bolalar basseyni.