Manzil : Bo'stonliq tumani, Chimgan, Ugam-Chotqol Milliy bog'i
Toshkentdan 95 km masofada
Telefon: +99890 931 87 77, +998 94 642 85 77
Kottejlar miqdori: "lyuks" toifali turli o'rinli (2+2, 4+2 o'rinli)
"Nebesa" mehmonlar uyi Chimganda joylashgan (Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumani, Chimgan, Ugom-Chotqol Milliy Bog'i)
Yog'och uylar Arxangelsk o'rmonlaridan keltirilgan qarag'aylardan yig'ilgan. Qarag'ay yog'ochi yagona "jonli" qurilish materiali. Bunday binolar muattar iforli, xonalarning iliq "oftob" rangi uyda takrorlanmas ruhiy iqlim yaratadi, kayfiyatingiz va xissiyotlaringizga ijobiy ta'sir etadi. To'laqonli hordiq faqat shunday uyda mumkin.
Dala hovli majmuasi hududida finn saunasi, restoran, bar, yozgi bar joylashgan. Kechki hordiq mehmonlar talabiga ko'ra (filmlar namoyishi, diskoteka, karaoke). Kottejlar Arxangelsk o'rmonlaridan keltirilgan qarag'ay daraxtidan qurilgan. Kvadrotsikl va otlarni ijaraga olish mumkin. Majmua yonida tog'-chang'i yo'li va chang'i sporti uchun osma yo'l joylashgan.
Bolalar uchun: nomerda bolalar karavot va restoranda bolalar menyusi bor.


