(GMT+5) | 02.06.2023

O'zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi bilan uchrashuv o'tkazildi

Toshkent viloyati YAngiyo'l tumanida O'zbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi R.Xolmatov boshchiligida YAngiyo'l tumanida faoliyat yuritayotgan va bugungi kunda kasaba uyushmalariga a'zo bo'lmagan qishloq xo'jaligi yo'nalishida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilot rahbarlari hamda tadbirkorlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan amalga oshirilgan va kelajakda rejalashtirilgan ishlar to'g'risida qisqacha ma'lumot berib o'tildi.

Shuningdek, bugungi kunda kasaba uyushmasining ish beruvchi va xodim o'rtasidagi munosabatlarini jamoa shartnomalari orqali tartibga solish avzalliklari, a'zo bo'lgan korxona xodimlariga kasaba uyushmalari tomonidan taqdim etiladigan imkoniyatlari haqida so'zlab o'tdi.

Ishchi xodimlarning ish samaradorligini oshirish maqsadida ko'ngilochar tadbirlar va sog'liqlarini tiklash uchun yo'llanmalar qolaversa, ichki turizm bo'yicha sayyohatlar uyushtirishda amaliy ko'maklashish masalalari bo'yicha ham atroflicha tushuntirilib, ma'lumot berildi.