(GMT+5) | 02.06.2023

Vorislik-nima bilasizmi?

Vorislik – shaxsning vafotidan keyin unga xususiy mulk asosda tegishli bo'lgan mol-mulkning, shuningdek meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan ba'zi huquq va majburiyatlarning merosxo'rlarga o'tishidir.

O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 1112-moddasiga asosan vorislik vasiyat va qonun bo'yicha amalga oshiriladi.

Shunga ko'ra, qonun bo'yicha vorislik vasiyat mavjud bo'lmasa yoxud butun merosning taqdirini belgilamasa, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, Fuqarolik kodeksining 1113-moddasida meros tarkibi belgilangan bo'lib, unda meros ochilgan paytda meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan, uning o'limidan keyin ham bekor bo'lmaydigan barcha huquq va majburiyatlar ya'ni ashyolar, shu jumladan, pul va qimmati qog'ozlar, mulkiy huquqlar, intellektual mulk ob'ektlariga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqlar, mulkiy majburiyatlar, shu jumladan qarzlarmeros tarkibiga kirishi belgilangan.

Jumladan, meros qoldiruvchining shaxsi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan huquq va majburiyatlari, yuridik shaxs hisoblangan tijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga a'zolik, ularda ishtirok etish huquqlari, agar qonun yoki shartnomada boshqa hol belgilangan bo'lmasa, hayotga yoki sog'liqqa etkazilgan zarar uchun tovon undirish huquqi, aliment majburiyatlari tufayli yuzaga kelgan huquqlar va majburiyatlar, mehnat va ijtimoiy ta'minot to'g'risidagi qonunchilik asosida pensiya, nafaqa va boshqa to'lovlar olish huquqi kirishi,  ammo mulkiy huquqlar bilan bog'liq bo'lmagan shaxsiy nomulkiy huquqlar meros tarkibiga kirmasligi hamda meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo'rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi mumkinligi belgilangan.

Bundan tashqari, meros qoldiruvchiga tegishli bo'lgan shaxsiy nomulkiy huquqlar va boshqa nomoddiy boyliklar merosxo'rlar tomonidan amalga oshirilishi va himoya qilinishi belgilab berilgan.

Fuqarolik kodeksining 1118-moddasida merosxo'rlar deb, meros ochilgan paytda hayot bo'lgan fuqarolar va meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida bo'lgan hamda meros ochilgandan keyin tirik tug'ilgan bolalari vasiyat va qonun bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkinligi hamda meros ochilgan paytda tuzilib bo'lgan yuridik shaxslar, shuningdek davlat va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari ham vasiyat bo'yicha merosxo'r bo'lishlari mumkinligi belgilangan.

 YAngiyo'l tumani adliya bo'limi etakchi maslahatchisi N.Anarqulova